
Saloh yoki “Real” yulduzini olamiz!
“Al-Hilol” klubni tark etishi kutilayotgan Neymar o‘rniga mashhurlik va samaradorlikda undan kam bo‘lmagan yulduzlarni olib keladigan bo‘ldi.
Jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, braziliyalik yulduz faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan.
“Al-Hilol” ham katta maosh olib, umuman samara bermagan 32 yoshli Neymardan voz kechishga tayyor. Saudiyaliklar uning o‘rniga “Liverpul” bilan shartnomasi tugayotgan Muhammad Saloh yoki “Real”da kuchli raqobatga duch kelayotgan Rodrigo Goesni olib kelishni ko‘zlayapti.
“Ma’lumki, “Al-Hilol” 2023 yilning yozida PSJdan Neymarni transfer qilgandi. Biroq braziliyalik yulduz o‘sha yilning oktyabrida og‘ir jarohat olib, bir yil maydondan tashqarida yurdi.
Keyin o‘tgan yilning oxirida ikki marta maydonga tushib, yana shikastlandi. Bir yarim yil davomida Neymar atigi ettita o‘yinda qatnashdi xolos.
Fikrlar