
Samanta Stosur yoshligini eslamoqda
Avstraliyalik tennischi Samanta Stosur Guanchjou shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida serbiyalik Nina Stoyanovichga qarshi kortga tushdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan mazkur uchrashuvda Samanta raqibi ustidan 6:2, 7:6 hisobida zafar quchdi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Shu tariqa "Guangzhou Open"ning yarim finaliga chiqqan Stosur, endi shveytsariyalik Viktoriya Golubich bilan o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar