Samarqandda katta MMA kechasi o‘tkaziladi (Video)

  • 23 dekabr, 2021, 13:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizda birinchilardan bo‘lib, O‘zbekiston yakkakurash olamining mashhur vakillaridan biri, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Muzaffar Radjabov tomonidan "ATF Championship" promousheniga asos solingan edi.

Hozirga kelib, mazkur promoushenning 5 ta turniri o‘z yakuniga etdi. Navbatdagisi ya’ni, 6- turniri Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur jang kechasida  MMA bilan bir qatorda professional kikboksing bo‘yicha ham janglar o‘tkaziladi. Raqib sifatida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan mahoratli jangchilar taklif etilgan. Shuningdek, yurtimizning bir qator iste’dodli vakillari ham o‘z janglarini o‘tkazadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu jang kechasini Sports.uz Youtube kanalida bevosita jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!