
Sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
19-21 fevral kunlari poytaxtimiz sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.
Chempionat erkaklar (7 ta vazn), ayollar (7 ta vazn) o‘rtasida tashkil etiladi. Bundan tashqari jangovar sambo (7 ta vazn) bo‘yicha ham bellashuvlar o‘tkaziladi.
Bahslarda yurtimizning turli hududlaridan 600 nafarga yaqin sportchi ishirok etishi kutilmoqda. Chempionat O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport majmuasida tashkil etiladi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar