Sami Hedira «Real»ga qaytishi mumkin

  • 14.06.2026 21:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq yarimhimoyachi «Real» Sami Xedira yana Madrid klubiga qaytishi mumkin. Bu safar u jamoaga futbolchi sifatida emas, bosh murabbiy Joze Mourinoning yordamchisi sifatida qo‘shilishi ehtimol qilinmoqda, deb xabar bermoqda Sports.kz.
 

Ispaniyaning AS nashri yozishicha, Joze Mourinyo Madridning «Real» klubida shakllantirayotgan yangi murabbiylar shtabida qaysi mutaxassislarni ko‘rishni deyarli aniq lab bo‘lgan. Uning rejalari dagi eng muhim figuralardan biri — Sami Xedira. U portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida «qirollik klubi»da o‘ynagan sobiq shogird hisoblanadi.
 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Mourinyo Xedira bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Maqsad — uni «Real»dagi ikkinchi davrida asosiy yordamchilaridan biri sifatida jamoaga jalb etish. Manbalarga ko‘ra, sobiq Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Mourinyo izlagan mutaxassis profiliga to‘liq mos keladi.
 

Portugaliyalik murabbiyning yangi shtabi besh nafar ishonchli yordamchidan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, u tarkibga albatta «Real»ning sobiq futbolchisini ham qo‘shishni istagan. Ilgari bu rol uchun Pepe nomzodi ko‘rib chiqilgan edi. Biroq Pepe o‘ziga berilgan savollarga aniq javob bermasdan, tanlov boshqa shaxs foydasiga hal bo‘lishini bilvosita ko‘rsatib o‘tgan.
 

Eslatib o‘tamiz, Sami Xedira «Real» tarkibida 2010 yildan 2015 yilgacha to‘p surgan. Shundan so‘ng u «Yuventus» safida harakat qildi, 2021 yilda esa «Gerta» jamoasida o‘z professional karerasiga nuqta qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!