
Samvel Babayan: "Bu musobaqada oson bahslar yo‘q"
Namanganda “Navbahor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2-turida Hindistonning “Mumbay Siti” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida. “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan shunday dedi:
“Bizni juda muhim o‘yin kutmoqda. Namangan shahri ilk bor OFK Chempionlar Ligasi bahsiga mezbonlik qiladi. Bu musobaqada oson bahslar yo‘q.
Raqibimiz safida Hindiston termasining asosiy futbolchilaridan tashqari, sifatli legionerlar ham bor. Ma’lum darajadagi charchoq va jarohatlarga qaramasdan, ertaga optimal tarkib bilan maydonga chiqishga harakat qilamiz”, - dedi Babayan.
Fikrlar