
Samvel Babayan: "OChL darajasidagi o‘yin bo‘ldi"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Navbahor" o‘yini mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsdan keyingi matbuot anjumanida "lochinlar" ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Bu birinchi davraning markaziy o‘yinlaridan biri edi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, durang adolatli natija bo‘lardi. Yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik, biroq hujumlarimiz o‘xshamadi.
Biz goldan keyin o‘yinni tashlab yubormadik. Biz oldinga borishga harakat qildik. Futbolchilar oxirigacha o‘ynashdi.
Gol tayanch zonasidagi xatodan keyin urildi. U erda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan futbolchilar paydo bo‘lib qoldi. Bu OChL darajasidagi o‘yin bo‘ldi. "Navbahor"da yangi jamoa yig‘ilgan. Tarkib 60-70 foizga yangilangan. O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz.
Uchrashuvdan keyingi janjal haqida xabarim yo‘q.
Fikrlar