Sen baribir ketasan!

  • 13.03.2023 09:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” prezidenti Daniel Levi bosh murabbiylikka italiyalik murabbiy Antonio Konteni olib kelganida uning oldiga chempionlik uchun kurashishga qodir jamoa shakllantirish vazifasini qo‘ygan edi.

Tecno

Konte bu ishni uddalay olmadi. Tajribali mutaxassis yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Biroq, Daily Mail nashri Antonio Konte mavsum yakunlangunga qadar iste’foga chiqarilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayini Daniel Levi agar jamoa kuchli to‘rtlikka kira olmay qolishni his qilsa, darrov bosh murabbiyni almashtiradi.

Agar ish shu darajaga etib borsa, Antonio Konte o‘rnini Luis Enrike yoki Maurisio Pochettino egallashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!