
Serena Uilyams Oklendda chempion bo‘ldi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahridagi WTA tomonidan o‘tkazilgan mavsumning ilk musobaqasida amerikalik Serena Uilyams bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Turnirning final uchrashuvida Serena hamyurti Jessika Pegulaga qarshi bahs olib bordi va raqibi ustidan 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, S.Uilyams "ASB Classic" musobaqasida 43 ming AQSh dollari pul mukofti va 280 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar