Serena Uilyams Sidneyda o‘ynamaydi
Amerikalik Serena Uilyams 8-14 yanvar kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkaziladigan “Apia International Sydney – 2018” turnirida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.
Tennis nashrining xabariga ko‘ra, “Apia International Sydney – 2018” turnirining tashkilotchilari musobaqaning asosiy to‘rida ishtirok etish huquqini beruvchi “wild card”ni Serenaga berishga tayyor bo‘lgan. Biroq amerikalik tennischi bu taklifni qabul qilmagan.
Endi Serena “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasiga qadar faqatgina Xobart shahrida o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etishi mumkin.

Fikrlar