
Serxio Ramosga o‘xshaganlarga jamoada joy yo‘q!
“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp jahon futbolining eng zo‘r himoyachilaridan hisoblangan Serxio Ramos haqida keskin fikr bildirdi.
2018 yili Chempionlar ligasining finalida “Liverpul” futbolchilari “Real”ga to‘qnash kelgan va o‘shanda ispaniyalik himoyachi raqibning asosiy to‘purari Muhammad Salohga qo‘pollik qilib, unga jarohat etkazgan edi.
Buning oqibatida “qizillar” Salohsiz o‘ynab, 1:3 hsobida mag‘lub bo‘lgan.
- Ramos o‘sha vaziyatda Salohga atayin qo‘pollik ko‘rsatganini hammamiz yaxshi bilamiz. Men hech qachon uning mentalitetini tushunmaganman.
Men boshqargan jamoalarda Ramosga o‘xshagan futbolchilar klubdan ketishini talab qilardim, - dedi Yurgen Klopp.
Fikrlar