“Sevilya” hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagan

  • 28 avgust, 2023, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning eng mashhur jamoalaridan biri “Sevilya” uchun yangi mavsum o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlandi.

Tecno

Andalusiyaliklar dastlabki uchta turda “Valensiya”, “Alaves” va “Jirona”dan mag‘lubiyatga uchradi. “Sevilya” La Ligadaning 20 ta ishtirokchisi orasida hali birorta ochkoni qo‘lga kiritmagan yagona jamoa hisoblanadi.

Xose Luis Mendilibar shogirdlari musobaqa jadvalining eng quyi pog‘onasiga tushib qolgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu ko‘rsatkich klub tarixidagi eng yomon natija sifatida qayd etildi. “Sevilya” Ispaniya yuqori divizionida shu paytgacha hech qachon ketma-ket uch marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan edi.

Endi bu jamoana yanada qiyin sinov kutib turibdi. 3 sentyabr kuni “Sevilya” Madridda “Atletiko” jamoasiga qarshi o‘ynashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!