Shahram G‘iyosovda nima gaplar?

  • 16 fevral, 2020, 08:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimizning eng mashhur bokschilaridan biri Shahram G‘iyosov ayni vaqtda AQSh da navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Bokschimizning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, u navbatdagi jangini mart oyining oxiri yoki aprelning boshlarida o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. U o‘ziga tegishli bo‘lgan World Boxing Association International Super Lightweight Title kamarini himoya qiladi. 
Hozircha raqib aniq emas.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekistonlik bokschi profi ringda 9 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 7 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!