
Shomurodov o‘rnak olsin!
Eldor Shomurodov ishtirok etayotgan Italiya A Seriyasida “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku zo‘r samaradorlik ko‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik hujumchining A Seriya o‘yinlaridagi har uchinchi zarbasi gol bilan yakunlanmoqda.
Hozircha, Lukaku milanliklar tarkibida chempionatda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qildi va to‘purarlar poygasida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan to‘rtta golga ortda qolmoqda.
27 yoshli futbolchi chempionatda jami 65 ta zarba yo‘lladi va har 107 daqiqada bittadan gol uryapti va “Inter”ning gollaridan 29,6 foizi aynan Lukaku hisobiga yozilgan.
“Jenoa” hujuchisi Eldor Shomurodov A Seriyada 21 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol muallifiga aylandi. Legionerimizga ham Lukakuning yo‘lini bersin deymiz...
Fikrlar