Shomurodovdan keyin navbat Abraxamga

  • 9 fevral, 2023, 17:17
  • 0
  • Futbol

“Roma” hujum chizig‘ini yangilash arafasida turibdi. Qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodov ijara asosida “Spetsuiya”ga o‘tib ketdi va mavsumni mana shu jamoa safida yakunlaydi.

Hujumkor futbolchilardan Nikolo Dzanolo “Galatasaroy” taklifini qabul qilgani aytilmoqda.

Endi navbat angliyalik hujumchi Temmi Abraxamga keldi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Roma” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag frantsiliyalik hujumchi Antoni Marsyalning o‘yinidan va jismoniy holatidan qoniqmayapti. Niderlandiyalik mutaxassis Marsyal o‘rniga Abraxamni olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!