Shomurodovga olisdagi mashhur jamoadan chorlov bor!

  • 18 aprel, 10:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tobora rivojlanib borayotgan MLS qo‘shni mamlakatlar – AQSh va Kanada jamoalarini birlashtirgan nufuzli musobaqa hisoblanadi. Keyingi yillarda bu chempionatda ishtirok etayotgan jamoalar Evropada nom qozongan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Ummonorti futbolini yoritayotgan nufuzli manbalardan wakingthered.com sayti Kanadaning manshhur klubi “Toronto”ning transfer siyosati haqida ma’lumotlarni muxlislar e’tiboriga havola qildi.

Joriy mavsum torontoliklarning ishlari yurishmayapti. Jamoa dastlabki sakkizta uchrashuvda to‘rtta durang qayd etgan va to‘rt bor mag‘lubiyatga uchragan holda hali biror marotaba g‘alabani nishonlagani yo‘q.

MLS ligasida transfer oynasi 23 aprel kuni yopiladi. Shu bois, “Toronto” muxlislari klub rahbariyatidan vaziyatni o‘nglay oladigan futbolchilar transferini kutyapti.

“Toronto” o‘tgan yil oxiridan beri to‘rt nafar yangi o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Ulardan faqatgina himoyachi Zeyn Manluis to‘liq transfer qilindi. 21 yoshli o‘yinchi Londonning “Arsenal” klubining yoshlar jamoasida to‘p to‘p tepgan.

Qolgan uch nafar o‘yinchi – vinger Teo Korbeanu, yarim himoyachi Maksim Dominges va hujumchi Ola Brinxildsen keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi. Bular orasida ikki nafari Evropa futbolini ko‘rgan charm to‘p ustalari hisoblanadi. Ya’ni, Korbeanu Ispaniyaning “Granada”, Brinxildsen Norvegiyaning “Midtyulland” jamoasidan olindi. Dominges esa, dunyoga mashhur “Vasko da Gama” o‘yinchisi bo‘lgan.

Murabbiylar shtabi bu mavsum klubda tarbiyalanayotgan yoshlardan Adis De Rozario, Markus Tsimermanchich va Lazar Stefanovichni asosiy jamoaga o‘tkazdi.

Ammo jamoaga qo‘shilgan yangi kuchlar kutilgan samarani bergani yo‘q. Ayni paytda “Toronto” safida Evropa futbolida nom qozongan ikki futbolchi Federiko Bernardeski hamda Lorentso Insine to‘p tepmoqda. Biroq italiyalik hujumchilarning ikkitadan goli ham jamoaning g‘alaba qozonishiga etarli bo‘lmayapti.

“Toronto” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir necha futbolchilar profilini o‘rganib chiqdi. Qizig‘i shundaki, ular orasida “Roma”da asosiy figuraga aylangan Eldor Shomurodov ham bor. Shuningdek, Kanada klubi Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan “Sevilya” hujumkor futbolchisi Susoni ham nishonga olgan.

Jamoa bosh murabbiyi Robin Freyzer bu vaziyatga oydinlik kiritib o‘tdi.

-  Ayni paytda yangi transferlar bo‘yicha aniq taklifimiz yoki muzokaralar boshlangan holat yo‘q. Bunaqa transferlarni bir hafta ichida amalga oshirib bo‘lmaydi. Biz nishonimizdagi o‘yinchilarni olish masalasiga yozda qaytamiz, - dedi Robin Freyzer.

Ta’kidlash joizki, MLS klublari uchun ikkinchi transfer oynasi 24 iyulda ochiladi va 21 avgustgacha davom etadi.

2020 yilning oktyabridan beri Italiyada o‘ynab kelayotgan Eldor Shomurodov ummonorti klublari e’tiboriga tushganiga ancha bo‘lgan. O‘tgan yili yozgi transferlar yakunlanishi  arafasida AQShning “Atlanta Yunayted” jamoasi o‘zbek legionerini olishga juda yaqin kelgandi. Biroq klub bu ayrim sabablarga ko‘ra bu transferni rasmiylashtirishga ulgurmadi.

Hozir Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyat o‘zgargan. Joriy mavsumning ikkinchi yarmida hamyurtimizning o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. “Roma” rahbariyati jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylangan 29 yoshli hujumchining shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirdi. Shunga qaramay, yozgi transferlar davrida Eldor Shomurodovning bozori “qaynashi” kutilmoqda.

Husanovning “Siti”dagi kelajagiga oydinlik kiritildi!

Shomurodov tufayli “Roma” fanatlari ikkiga bo‘lindi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
18/04/2025 10:42
Ассалому алекум... мен Европа майдонларида тўп тепаётган қолаверса осиёда тўп тепаётган,ёш йигитларимизга омад тилаб мухлислик қилиб келаман мана Жозе даврида ўйин амалётидан қолиб кетган Элдор мехнат қилиб, ўзининг аввалги даражасидан ҳам ўйин амалиётига эга бўлди хақиқат эгилади лекин синмайди деганлари шуда барча тўп тепаётган ўзимизнинг йигитларга омад ёр бўлсин...ОЛҒА ЎЗБЕКИСТОН.