Shomurodovga Rossiyadan raqobatchi keladi

  • 16 yanvar, 2021, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida o‘ynagan Eldor Shomurodov Italiya futbolida o‘zini ko‘rsatganidan keyin “Jenoa” rahbariyati rus jamoalaridan yana futbolchi olishga qaror qildi.

Tecno

Bu gal genuyaliklar TsSKAning argentinalik hujumchisi Adolfo Gaychni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, bu futbolchini olish uchun Davide Ballardini jamoasi rahbarlari ancha ter to‘kishi kerak. Gaychga Bundesligadan takliflar bo‘lmoqda. Turkiya Superliganing etakchi jamoalari hujumchini qo‘lga kiritishda dastlabki qadamlarni tashladi.

“Trabzonspor” Gaychni bir yarim yillik ijaraga olish bo‘yicha TsSKAga rasmiy murojaat yo‘llagan. “Beshiktosh” ham bu hujumchi uchun kurashmoqda. “Boka Xuniors” iste’dodli forvardni Argetinaga qaytarishga harakat qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, yozda 8,5 million evroga olingan hujumchi Rossiya premer-ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib birorta gol urolmadi. Shu bois, “armiyachilar” rahbariyati undan tezroq qutilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!