Shu murabbiy ishlar ekan, terma jamoada o‘ynamayman!

  • 02.07.2026 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 yoshli senegallik yarim himoyachi Pap Geye terma jamoasi jahon chempionatidan chiqib ketganidan keyin faoliyati haqida bayonot berdi. U amaldagi murabbiylar shtabi ishlayotgan vaqtda terma jamoaga qaytmasligini ma'lum qildi.

- Hozirgi murabbiylar shtabi ishlayotgan ekan, men terma jamoadagi faoliyatimni vaqtincha to‘xtataman, - dedi Pap Geye.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Senegal terma jamoasi jahon chempionatini 1/16 final bosqichida tark etdi. Pap Tiav boshqarayotgan jamoa Belgiya ga mag‘lub bo‘lib, 1/8 finalga chiqa olmadi. Senegalliklar o‘yinning 86-daqiqasiga qadar ikki to‘p farqi bilan oldinda borishgan, ammo ularni musobaqadan chiqarib yuborgan hal qiluvchi gol 120+5-daqiqada penalti dan kiritilgan.

Pap Geye ushbu jahon chempionatida 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. U Senegal terma jamoasi safida jami 45 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘lgan.

45 yoshli Pap Tiav Senegal terma jamoasini 2025 yil mart oyidan beri boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa 2026 yildagi Afrika millatlar kubogi finaligacha yetib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!