
Simona Xalep yarim finalda
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep va estoniyalik Anett Kontaveyt Avstraliya ochiq chempionatining chorak final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Melburn shahrida o‘tkazilgan mazkur o‘yinda Simona raqibiga nisbatan tezkor o‘yin namoish etdi va har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open"ning yarim finaliga chiqqan S.Xalep, endi ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar