“Siti” supertransferni uddaladi
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Manchester Siti» Fransiyaning “Lill” klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida “shaharliklar” 18 yoshli futbolchi uchun 129 million yevro to‘lashi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Biroq transfer “Manchester Siti”ni Rodri tark etib, “Barselona”ga o‘tganidan keyin rasmiy tasdiqlanishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Buaddi klub miqyosida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma berdi. 2026 yildagi jahon chempionatida esa u 5 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Futbolchining “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor bahosini 80 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar