“Siti”ni ikki yulduz tark etyapti

  • 13.12.2025 11:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi g‘olibligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti” taqvimning eng tig‘iz qismida ikki nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.

 Bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning yordamchisi Kolo Turening ma’lum qilishicha, Rayan Ayt-Nuri va Umar Marmush yaqinlashib kelayotgan Afrika millatlar kubogida ishtirok etish uchun o‘z mamlakatlari terma jamoasidan chiqaruv olgan.

Ayt-Nuri Jazoir terma jamoasi tarkibida Afrikaning nufuzli musobaqasi “E” guruhida Sudan, Burkina-Faso va Ekvatorial Gvineyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda.

Marmush esa, Misr terma jamoasi bilan “B” guruhida Zimbabve, Janubiy Afrika Respublikasi va Angolaga qarshi uchta o‘yin o‘tkazadi.

Agar o‘yinchilarning terma jamoalari guruh bosqichidan chiqolmasa, ular 4 yanvar kuni, Premer-liga doirasida “Chelsi” qarshi bo‘ladigan uch uchrashuvigacha Manchesterga etib keladi.

O‘z qit’asining etakchilaridan sanalgan Msir va Jazoir pley-offga yo‘llanma olgan taqdirda har ikki “shaharlik” futbolchi 7 yanvarda “Brayton”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda qatnasholmaydi.

Jazoir va Misr Afrika Millatlar kubogining oxirigacha qoladigan bo‘lsa, Rayan Ayt-Nuri va Umar Marmush Premer-liga, Angliya kubogi va Evropa Chempionlar ligasidagi ayrim o‘yinlardan chetda qoladi. Bu holatda ular 24 yanvarda “Vulverxempton” bilan bo‘ladigan bahsgacha etib kelishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, afrikalik bu futbolchilar 2025 yilgi transferlar davrida "Manchester Siti"ga olib kelingan. Umar Marmush yanvar oyida Abduqodir Husanov bilan bir paytda Manchesterga kelgan. Rayan Ayt-Nuri esa, yozgi transferlar vaqtida transfer qilindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!