Slot APL klubini boshqarishdan bosh tortdi
Ingliz nashri talkSPORT xabariga ko‘ra, Niderlandiyadan bo‘lgan mutaxassis London klubi taklifini rad etgan.
Jamoa rahbariyati hozirda jamoaga yangi bosh murabbiy izlashga kirishgan. Bu jarayon "Fulxem" ustozi Marku Silvaning ketishi ehtimoli ortib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Portugaliyalik mutaxassisni "Benfika" bilan bog‘layotgan xabarlar ko‘paygani ortidan klub yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Shu nomzodlar orasida Slot ham bor edi, ammo u bilan kelishuvga erishib bo‘linmadi.
Niderlandiyalik murabbiy hozircha ishsiz. U 2024 yildan beri boshqarib kelgan "Liverpul"ni tark etganidan so‘ng hech bir klub bilan shartnoma tuzmagan. Slot qo‘l ostida mersisaydliklar 2024/25 yildgi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Fikrlar