"Sofia Open". Bugun final uchrashuvi o‘tkaziladi

  • 14 noyabr, 2020, 01:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Bolgariyaning Sofiya shahri "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda. Bugun ikki tennischidan biri o‘z faoliyatidagi ilk titulni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Final ostonasida italiyalik Yannik Sinner frantsiyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqdi. Hal qiluvchi bahsga yo‘l olgan italyan uchrashuv taqdirini ikki setda hal qildi: 6:3, 7:5.

Ikkinchi yarim finalda kanadalik Vashek Pospishil yana bir frantsuz Rishar Gaske qarshiligini 3 setda sindirishga muvaffaq bo‘ldi. Setlarning dastlabkisini boy bergan Vashek keyingilarida iroda namoyish etib, final chiptalarini o‘ziniki qildi. Yakuniy hisob: 6:7(6:8), 6:2, 6:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!