“Sportchilarimizdan bir shingil”

  • 11 avgust, 2019, 02:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Bugundan boshlab, yangi ruknni e’tiboringizga xavola etib boramiz. Sportchilarimiz orasida o‘ziga xos yumorga boylari ham ko‘plab topiladi. O‘z o‘rnida juda jiddiylari ham yo‘q emas. Bunga ushbu ruknni tayyorlayotganimda yana bir bor amin bo‘ldim. Xullas, “Sportchilarimizdan bir shingil” degan rukn dunyoga keldi. O‘ylaymanki, mazkur loyixa o‘z an’anasiga ega bo‘ladi. O‘z o‘rnida sizlarga ham manzur keladi deb o‘ylaymiz. Ilk sonida asosan professional bokschilarimiz faol bo‘lishdi.

Tecno

Demak, qarshi oling, sportchilarimizdan o‘ziga xos latifalar!

Xusniddin Po‘latov – bokschi WBA asia kamari soxibi

photo_2019-07-04_17-37-50


- Bir kuni bir bokschiga jang tashkil etilibdi. Jang sanasi ham ma’lum bo‘libdi.

- Lekin har xafta raqib almashaverer ekan.  Jang kuni ham etib kelibdi.

- Aksiga olib raqib yo‘q emish...Tashkilotchilar tezlikda ishga kirishib, o‘sha erda yurgan bir oshpazni raqib bo‘lishga ko‘ndirishibdi.

  - Unga 2- raundda nokautga uchrashing kerak deb uqtirishibdi.  Jang boshlanibdi.

- Lekin oshpaz ikkinchi raund tugul,  beshinchi raundda ham yiqilmas emish.

-Tashkilotchilar xoy baraka topgur, nega yiqilmaysan desa,

- Oshpaz: Ursa yaxshilab ursin. Bo‘lmasa o‘zim uni nokaut qilaman dermush. ???? ????

Ravshanbek Umurzaqov – bokschi WBA Asia kamari soxibi

60615972_377648189511430_1273743431474085888_n

- Bo‘g‘irsoq xammomdan cho‘milib chiqib,

- Voy, boshimni yuvmabmanu!

- Har doim esimdan chiqadi,- deya yana xammomga kirib ketibdi. ????

Xurshidbek Normatov –  bokschi

25158440_10214567213598043_7177490421690839280_n

— Boks - eng zo‘r sport turlaridan biri!

— O‘zingiz boksersiz chog‘i?

— Yo‘q, men tish doktoriman. ???? ????


Mansur Tugizboev – MMA murabbiyi

53749523_856591541349865_1430018629742624768_n

— Oshna, kimsasiz sahroda qanday qilib sherni tutish mumkin?

— Buning yo‘li oson. Mushukni tutib olasan-da, sherman deb bo‘yniga olmaguncha kaltaklayverasan. ???? ????

Abdulaziz Najmiddinov – bokschi

abdulaziz

- Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:

— "Etib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o‘ylab tursa...

- Uchinchi mast

— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish. ???? ????

Ahmad EShMATOV tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Musa Abdurasulov
11/08/2019 10:53
Juda ajoyib loyixaga omad
&
BBS UZB
11/08/2019 06:43
Men esa qilichboz Paula bilan pichoqbozlik qilsam yutamanmi?