SPORTS.uz Belgrad-2021: Afsuski, Mirazizbek Mirzaxalilov amerikalik bokschidan engildi

  • 28 oktabr, 2021, 16:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) AQSh vakili Jamal Xerleyga qarshi jang o‘tkazadi. Jang Toshkent vaqti bilan 16:13da boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. O‘zbekistonlik Mirazizbek ko‘k formada harakat qiladi. AQSh vakili esa qizil libosda jang o‘tkazadi.

Birinchi raund boshlandi.

Hamyurtimiz ancha ishonch bilan harakat qildi. Raqibdan qo‘rqmay, oldinga bordi. O‘ng qo‘lda ketma-ket zarbalar berdi. Lekin amerikalik raqibi uni yaxshilab o‘rgangani ko‘rindi. Uning harakatlariga tayyor ekanligini ko‘rdik.

Mirazizbek chap qo‘lda ham zarba berdi. Biroq Jamal ham qarshi zarbalar bilan kutib oldi.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Jamal Xerli yaxshi himoyalanmoqda. Vakilimiz esa doim uni ta’qib qilyapti. Chap va o‘ng qo‘lda aldamchi zarbalar yo‘llayapti. Biroq Jamal uning bu urinishlariga tayyor ekan. Mirazizbek o‘ng qo‘ldagi kuchli zarbasini bera olmayapti.

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Hal qiluvchi raundda vakilimiz ochkolarni ishlashga harakat qilmoqda. Chunki dastlabki raundda uning raqibi kichik ustunlikka erishgandi. Ikkinchi raund esa bizning foydamizga tugadi. Hamyurtimiz ancha faol. 

Shu pallada jang yakunlandi. Hakamlarning qarorini kutamiz.

Afsuski, Mirazizbek Mirzaxalilov amerikalik bokschidan engildi. Hakamlar AQSh vakilini g‘olib, deb topdi. Mirazizbek ham jahon chempionati bilan xayrlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!