Sten Vavrinka 4 set kurashdi

Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka Avstraliya ochiq birinchiligida ikkinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldi.

U yakkalik bahslarining ilk bosqichida bosniyalik Damira Jumxurni to‘rt setda, – 7:5, 6:7, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa "Australian Open"ning ikkinchi davrasida S.Vavrinka serbiyalik Miomir Kechmanov, yoki italiyalik Andreas Seppi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!