
Sten Vavrinka ilk raqibini engdi
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka "Uimbldon" chempionatining yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Sten ushbu davrada belgiyalik Ruben Bemelmansga qarshi kortga chiqdi. Vavrinkaning to‘liq ustunligida o‘tgan mazkur uchrashuv 6:3, 6:2, 6:2 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa S.Vavrinka London shahrida o‘tayotgan turnirning navbatdagi bosqichida amerikalik Reylli Opelka bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar