Stounz yangi klubga o‘tdi
«Manchester Siti» tarkibida taniqli markaziy himoyachi sifatida nom qozongan Jon Stouns endi «Inter» safini to‘ldirmoqda.
Italiya matbuoti va insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, kelishuv bo‘yicha barcha masalalar hal etilgan. Angliyalik futbolchi «Inter»ga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Tomonlar 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. 32 yoshli himoyachining yillik maoshi taxminan 4,5 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Stounz tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shu kunning o‘ziyoq A Seriya grandi bilan rasmiy shartnoma imzolaydi.
Jon Stounz o‘n yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan, jamoa bilan birga Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan va olti marta Angliya chempioniga aylangan.

Fikrlar