"Strandja" turniri. Dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdik!

  • 01.03.2026 17:23
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Hozirgina Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan 77 "Strandja" turnirining hal qiluvchi janglari boshlandi.

Kunning birinchi finalchimiz Sabina Boboqulova -48 kg da ukrinalik Anna Oxotaga qarshi ringga ko‘tarildi. Barcha raundlarda ustunlik qilgan vakilamiz yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda  Nigina O‘ktamova va Mihaela Valsh (Irlandiya) to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!