Stuttgart Open: Auf wiedersehen, Denis!

  • 8 iyun, 2019, 19:36
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Germaniyaning Shtutgart shahrida ATR tasnifiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oldi. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Denis Istomin biroz avval birinchi davra doirasida musobaqa mezbonlaridan biri Dastin Braunga qarshi bahsni yakunladi. 

58 daqiqa davom etgan uchrashuv afsuski, hamyurtimizning 5:7, 4:6 hisoblaridagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Ta’kidlash joiz, Denis 20 may kuni "Rolan Garros-2019"ning saralashida aynan ushbu raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. 

Bu g‘alabadan keyin tennischilarning o‘ziro qarama-qarshiligi bo‘yicha hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!