
Sulsher Turkiya chempionatida ish boshladi
Ule-Gunnar Sulsher uzoq tanaffusdan so‘ng murabbiylik postiga qaytdi. U Turkiyaning "Beshiktosh" klubida ish boshladi.
Norvegiyalik mutaxassis bilan bir yarim yillik shartnoma imzolandi. U so‘nggi marta 2019 yilda "Manchester Yunayted"ga tayinlangandi va 2021 yilda o‘z lavozimidan ozod qilingandi.
"Beshiktosh" mavsumni ajoyib boshlagandi. Klub avgustda Superkubok bahsida "Galatasaroy"ni yirik 5:0 hisobida taslim qildi. Shu bilan birga, ketma-ket g‘alabalar, lekin vaziyat yomonlashib ketdi. Shundan keyin rahbariyat Van Bronkxorstni iste’foga chiqardi.
Fikrlar