Super Rapid & Blitz Poland 2026 turniri yakunlandi!

  • 10.05.2026 11:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hans Niman Polshada o‘tkazilgan Grand Chess Tour Super Rapid-Blitz 2026 turniri g‘olibiga aylandi. Amerika shaxmati yulduzi jami 22.5/36 ochko jamg‘argan holda, 50,000 AQSh dollari miqdoridagi bosh mukofot va 13 GCT ochkosiga ega bo‘ldi.

Nieman Rapid yo‘nalishini peshqadam sifatida yakunlagan bo‘lsa-da, blits bahslarida kutilmagan qiyinchiliklarga duch keldi va 16-turda Gukeshga imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, u so‘nggi ikki turda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz Javohir Sindarov turnir yakuniga ko‘ra 16.5/36 ochko jamgarib, 7-o‘rinni egalladi. Ushbu natija orqali Javohir 9,000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!