Superklub "Barsa" futbolchisidan voz kechdi

  • 22.08.2026 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alehandro Balde «Milan»ga taklif etilgani ma’lum bo‘ldi. Futbolchining agenti Jorje Mendes mijozini boshqa jamoaga joylashtirish ustida ishlamoqda.

Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Mendes 22 yoshli himoyachini «Milan»ga taklif qilgan, ammo milanliklar bu variantni ko‘rib chiqishni istamagan. 

Milan klubi yozgi transfer oynasida yana bir yirik xarid amalga oshirishni rejalashtirmayapti.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Alehandro Baldening bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Shuning o‘ziyoq nega italyaliklar yangi katta sarf-xarajatdan tiyilayotganini anglatadi.

Bu yozda «Milan» o‘z tarixidagi eng yirik ikki transferni amalga oshirdi. Yangi futbolchilarga jami 160 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!