Superklub eng omadsiz transferidan qutildi

  • 21.08.2026 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Yuventus» braziliyalik yarim himoyachi Artur Melo bilan rasmiy xayrlashdi.

Turin klubi tomonlar o‘zaro kelishuviga binoan futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi. 

Bu shuni anglatadiki, Artur endi erkin agent sifatida yangi jamoa izlash imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Arturni 2020 yilda «Barselona»dan 80 million yevro evaziga sotib olgan edi. Ammo yarim himoyachining faoliyati Turinda kutilgan darajada omadli kechmadi.

O‘tgan mavsumda Artur «Gremio» safida ijaraga asosda to‘p surdi. Undan oldin, 2022 yildan boshlab, u «Liverpul», «Fiorentina» va «Jirona» jamoalari tarkibida ham maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!