Superklub ikki superhujumchiga og‘iz solyapti

  • 7 iyun, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” Bundesligadagi chempionlik mavsumidan keyin tarkibini yanada kuchaytirishga qaror qilgan. Myunxen superklubi hujum chizig‘iga yangi o‘yinchilarni olib kelishni mo‘ljallayapti.

Tecno

Kicker nashri tarqatgan ma’lumotga qaraganda, “Bavariya” rahbariyati “Liverpul”ning 26 yoshli hujumchisi Kodi Gakpo va “Milan”ning 25 yoshli hujumkor futbolchisi Rafael Leauga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Manbaga ko‘ra, Bundesliga giganti sport direktori Maks Eberl har ikki futbolchi agentlari bilan muntazam aloqani ushlab turibdi.

“Bavariya” klubi xo‘jayinlar har ikki hujumchining transfer summasi 70 million evrodan baland ekanini yaxshi anglab turibdi. Klub yangi ijrochilarni olish uchun tarkibdan bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!