Superklub: Sen sekin ketaver!

  • 05.09.2026 15:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» jamoasida to‘p surib kelayotgan braziliyalik hujumchi Risharlison klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Bu haqida talkSPORT nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar hujumchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Sababi, jamoaning bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Risharlisonni kelgusi rejalariда ko‘rmayapti.

O‘tgan yozda Risharlison «Everton» safiga qaytishi mumkin edi, ammo o‘sha paytdagi kelishuv amalga oshmay qolgan. Hozirda unga Turkiyaning «Trabzonspor» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib ham olgan, biroq Turkiyada transfer oynasi yopilib bo‘lgan. Shu bois «Tottenxem» hujumchi bilan shartnomani bekor qilishi va unga yangi klubga erkin agent sifatida tekin o‘tish imkonini berishi ehtimol qilinmoqda.

29 yoshli Risharlisonning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!