Superkubok oldidan prevyu!

  • 23 avgust, 2023, 13:55
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

24 avgust kuni "Paxtakor" Jizzaxda "Nasaf" bilan O‘zbekiston Superkubogi o‘yinida maydonga tushadi.

Hozirga qadar "sherlar" superkubokda besh bor maydonga tushgan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv", 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan, oxirgi ikki yilda esa "Nasaf" Cheranning gollari evaziga mag‘lub etilgan.

Ta’kidlash lozim, "Paxtakor" va "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta ushbu sovrin uchun hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelmoqda. O‘yinni diskvalikatsiya sababli o‘tkazib yuboruvchi futbolchilar jamoalar tarkibida yo‘q.

"Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuv 24 avgust, payshanba kuni Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" stadionida soat 19:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ahmatxuja Bardilov
24/08/2023 09:22
Судя уртада назорат килади исоф бериб судьяга икки камандага холоу-пок судялик килишини алохдан сураб коламан. Кучлиси ютсин.