Superliga endi avvalgidek emas

  • 1 aprel, 2023, 12:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu o‘yinda chempionlik uchun parda ortida tayyorgarlik ko‘rayotgan bir emas, ikki jamoa bor ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. OKMK va “Neftchi” 2023-yil yakunlarida ko‘pchilikni e’tiborini o‘ziga qaratishga tayyorlanayotganini sezdirib qo‘ydi. Bahs, nafaqat dinamikasi, balki murabbiylar, ijrochilar, o‘yin falsafalari to‘qnashuvini bizga namoyish etib berdi. Bu OKMK Qosimovning bor potentsialini ochib berishga qodir ekanligini ko‘rsatgan bo‘lsa, “Neftchi” engilayotgan paytida asosiy “Game Plan”dan chekinib, oldinga tashlanishga qodirligini ko‘rsatdi.

Tecno

Raqibni ikki bor ham qopqonga tushirib, undan chiqib ketishiga qarshilik qila olmagan OKMK so‘nggi daqiqalarda o‘z printsiplaridan voz kechib tayyor durangni g‘alabaga almashtirish uchun tavakkal qildi. Men, kuchlar teng kelsa, o‘rtamiyonaligini «bo‘yniga olgan» jamoalar 1 ochkoni o‘rtaga tikib 3 ochko qilishga harakat qilganini ko‘rmaganman. Bugun OKMK ham, “Neftchi” ham bir ochkosiz qolib ketishdan qo‘rqqani yo‘q. Aynan shu faktor, bu chempionatni avvalgidek bo‘lmasligiga ishora qilmoqda. Aslida, voqealar rivoji bahs davomida keskin o‘zgarib bordi.

Mehmonlar, keyin mezbonlar, mehmonlar mezbonlar… Ustunlik navbati bilan sariq va to‘q ko‘k libosdagi yigitlar tomoniga o‘tib turdi. Yakunda, futbol bu bahsda mag‘lub bo‘lmasligi kerak deb hisobladi. Adolatli natija. Men esa, Superligada chempionlik intirgasiga “suqulib” kirishga qodir yana ikki jamoa “etilayotgani”ni his qildim. Asosiysi, futblga aloqador bo‘lmagan tashqi omillar bu tabiiy progressga ta’sir ko‘rsatmasin. Moddiy tomondan ham, muammolar yuzaga kelmasin. Ana shunda, bu jamoalar chempionatdagi eng muhim sanalgan omil – intriganing o‘chog‘iga aylanadi.

Statistikaga e’tibor qarating:

mament

Nafaqat hisob, balki o‘yin teng bo‘lganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Bugun, temp, bahs sifati va match harorati borasida olib qarasak, chempionatning (hozircha) eng zo‘r 90 daqiqaligiga guvoh bo‘ldik. Buning uchun jamoalarga respekt. Aynan shunday o‘yinlar futbolchilarni o‘z bo‘yidan balandroq sakrashga majbur qiladi.

Bunday tempda agar OKMK va “Neftchi” to‘liq mavsumni o‘tkaza olsa, ularda kamida sovrindorlar qatorida bo‘lish uchun “shans” bor. Demak, yuqorida bo‘lishni istagan “Paxtakor”, “Navbahor” va “Nasaf” uchun yana kamida 4 ta og‘ir bahs (“Paxtakor” bu og‘ir o‘yinlardan birida mag‘lub bo‘lishga ham ulgurdi) paydo bo‘ldi. Bu chempionat avvalgidek emas. Undan ham ko‘proq yorqin emotsiyalar taqdim etishga qodirdek tuyulmoqda. Har holda, bugungi o‘yinning sifati shundan dalolat. Bo‘ldi, pardani ochavering. “Neftchi” va OKMKning sahnaga chiqadigan payti kelyapti.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
01/04/2023 06:42
OKMK-NAVBAXOR ZUR UYIN BULADI NAVBAXORDA ORQAGA YUL YUQ