
Superto‘purar “Bavariya”ga keldi
“Tottenxem” yulduzi Harri Keyn faoliyatini Bundesligada davom ettiraligan bo‘lyapti. Taniqli insayder Florian Plettenberg “Bavariya” bu transferni rasmiylashtirishga juda yaqin turganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli to‘purar Myunxenga etib keldi. Tez orada Harri Keyn tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va myunxenliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Tomonlar kelishuviga binoan futbolchi 2027 yilning yarmigacha Bundesliga grandida to‘p tepadi.
Uzoq davom etgan muzokaralar yakunida “Bavariya” va “Tottenxem” 100 million evrodan ko‘proq summaga kelishdi.
Angliyalik futbolchi faoliyatida ilk bor o‘z yurtidan tashqarida o‘ynaydi.
Fikrlar