Superto‘purar “Real”ni tanladi
“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen klub rahbariyati bilan yuz bergan ziddiyatdan keyin bu jamoada qolmaslikka qaror qilgan.
Nigeriyalik futbolchiga bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan ishlash ham yoqmayapti. 24 yoshli forvardning atrofidagi vaziyatni bir necha grand klublar kuzatib bormoqda. Hatto “Chelsi” vakillari yanvarda uni transfer qilishga urinishi aytilmoqda.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni klublari Osimxenning javobini kutib turibdi.
Taniqli jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Viktor o‘ziga yangi jamoa tanlab bo‘lgan. Afrikalik hujumchi “Real” safiga qo‘shilishni orzu qilyapti.
Transfermarkt portali Viktor Osimxenni 120 million evroga baholamoqda. Futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar