Supertransfer barbod bo‘ldi
Taniqli jurnalist Fabritsio Romano Qatardagi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Entso Fernandesning “Benfika”dan “Chelsi”ga transferi barbod bo‘lganini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, har ikki klub argentinalik yarim himoyachi transferi bo‘yicha deyarli barcha masalani kelishib bo‘lgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyaliklar “aristokratlar” iste’dodli o‘yinchi uchun kamida 120 million evro to‘lashini kutgan. Biroq, “Chelsi”ning maksimal taklifi 85 million evrodan o‘tmadi.
Aynan mana shu sababli transfer barbod bo‘ldi. “Chelsi” Fernandes o‘rniga bor e’tiborini “Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedoga qaratdi.



Fikrlar