Superttransferga ikki omil to‘sqinlik qilmoqda

  • 30.06.2026 10:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’varesning «Barselona»ga o‘tishidagi asosiy muammo ikki klub o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» prezidenti Joan Laporta «matraschilar» rahbari Enrique Sereso bilan aloqada bo‘lsa-da, Sereso ko‘proq vakil sifatida faoliyat yuritadi.

Shu bilan birga, klublarning sport direktorlari Deku va Mateu Alemani o‘rtasidagi ishchi munosabatlar buzilgan. Laportaning o‘zi ham Alemani bilan yaxshi munosabatda emas, chunki Alemani prezidentlik saylovi davrida Xavini qo‘llab-quvvatlagan.

Al’vares uchun yangi muzokaralarni kechiktirayotgan ikkinchi omil – «Barselona»da almashinuvga qo‘shish mumkin bo‘lgan futbolchilarning yo‘qligi. «Atletiko» qiziqayotgan Ferran Torres Kataloniya klubini tark etishni istamayapti. «Barselona» esa yarim himoyachi Mark Kasadoni sotishga tayyor, ammo uning nomzodi madridliklar murabbiylar shtabi tomonidan ma’qullanmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!