
Tailandda yutuqlar zo‘r bo‘ldi
Tailandda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, yoshlar va para velosportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati yakunlandi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Quvonarlisi, velopoygachilarimiz musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza, jami 4 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Veloshosse bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionatida Yanina Kuskova, Samira Ismoilova (U18) va U18 yosh toifasidagi aralash jamoaviy estafeta bahslarida oltin medal qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, Asal Rizaeva o‘z yo‘nalishida bronza medaliga ega chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida: endi velosportchilarimiz Kuala-Lumpurda (Malayziya) bo‘lib o‘tadigan velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Fikrlar