
"Tank" Parijga boradi !!!
Jervonta Devis (30-0, 28 KO) yangi rolda o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Doimiy ravishda qonun bilan muammoga duch keladigan "Tank" Olimpiada uchun Parijga maxsus ruxsat oldi.
Albatta, engil vazn toifasida amaldagi WBA chempioni Frantsiyadagi havaskorlar ringida jang o‘tkazmoqchi emas, biroq u AQSh terma jamoasidan rasmiy taklif olgan. Devis Olimpiada turniri davomida amerikalik bokschilarga yaxshi maslahatlar berib, yordam berishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Devis 19 iyuldan 12 avgustgacha Frantsiyada bo‘ladi. Boks bo‘yicha olimpiya turniri 27 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadi.
Fikrlar