Taremi: JCh-2026'da vaziyat juda tarang
Taremi so‘zlariga ko‘ra, u Jahon chempionati-2026 atrofidagi vaziyatni juda tarang his qilmoqda.
– Men uchta jahon chempionatida ishtirok etganman. Oddatda aytishadiki, samolyotdan tushib, mezbon mamlakatga qadam qo‘yishing bilanyo‘q o‘ziga xos do‘stona muhitni his qilasan, – deydi u.
– Afsuski, bu safar men bunday kayfiyatni sezmayapman. Bu jahon chempionatida vaziyat juda keskin, – deya Taremining so‘zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, may oyida FIFA Eron terma jamoasiga o‘z mashg‘ulot bazasini AQShdan Meksikaga ko‘chirishga ruhsat bergan edi. Bunga sabab sifati Eron delegatsiyasi ayrim a’zolari AQSh vizasini olishda qiyinchiliklarga duch kelgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Eron terma jamoasi har bir o‘yindan so‘ng darhol AQShni tark etib, Meksikaga qaytishi ma’lum qilingan.
Jahon chempionati-2026 AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Eron terma jamoasi guruh bosqichida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi maydonga tushadi. Eron ishtirokidagi barcha uchrashuvlar AQShda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar