Tarixda ilk bor "Real"da italyalik qiz o'ynaydi
Italiya ayollar terma jamoasi yarim himoyachisi Arianna Karuzo endi Madriddning «Real» klubi sharafini himoya qiladi. U shu tariqa ushbu mashhur jamoa tarixida Apennin yarim orolidan kelgan ilk futbolchiga aylanadi.
Karuzo bungaча Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surib kelayotgan edi. Undan oldin esa ayollar o‘rtasidagi «Yuventus» jamoasida o‘ynab, 2018 yildan 2022 yilgacha ketma-ket besh marta Italiya chempioni bo‘lishga hissa qo‘shgan.
«Real» klubi matbuot xizmatiga ko‘ra, madridliklar va «Bavariya» Arianna Karuzoning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Italyan futbolchisi kelasi to‘rt mavsum davomida, ya’ni 2030 yil 30 iyuniga qadar «Real» sharafini himoya qiladi.
«Italiya terma jamoasi a’zosi Karuzo katta tajriba va jiddiy yutuqlarga ega. U bizga Germaniya klubi safida ikki mavsum o‘ynab, 2 bor mamlakat chempioni, 2 marta milliy kubok va 2 marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan holda qo‘shilmoqda», – deyiladi klub bayonotida, deb yozadi derbyderbyderby.it nashri.
Shu tariqa Arianna Karuzoning «Real» bilan yangi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangani rasmiy tasdiqlandi.

Fikrlar