
Tarixda ilk bor! Taekvondochimiz jahon reytingi peshqadamiga aylandi!
Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Ahamiyatlisi, unda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochi qizimiz sifatida tarixga kirdi.
Shuningdek, qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boshqa vakillarimiz ham o‘z o‘rinlarini mustahkamlab olishdi. Umumiy hisobda kuchli o‘nlikda jami 6 nafar sportchimizni ko‘rishimiz mumkin. Batafsil:
Erkaklar
-63 kg:
1. Xoan Kala (Ispaniya) - 140.74 ochko,
13. Niyoz Po‘latov (O‘zbekiston) - 64.90
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) - 293.44
2. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) - 262.31
-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) - 132.58
10. Jasurbek Jaysunov (O‘zbekiston) - 80.40
-80 kg:
1. Maksim Xramtsov (Rossiya) - 304.34
9. Shuhrat Salaev (O‘zbekiston) - 141.13
-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) - 190.64
13. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) - 61.60
+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) - 259.96
25. Shohruh Rajabov (O‘zbekiston) - 56.87
Ayollar
-53 kg:
1. Charos Qayumova (O‘zbekiston) - 126.84
2. Tatyana Minina (Rossiya) - 116.70
-62 kg:
1. Karolayn Santos (Braziliya) - 202.24
4. Feruza Sadikova (O‘zbekiston) - 111.71
+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) - 352.07
7. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) - 156.07
Fikrlar