
“Tashkent Select”: Ikki o‘yinda bir juft g‘alaba
Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston yoshlar chempionatida Toshkentning "Tashkent Select" klubi o‘z uyida "Gornyak" jamoasi bilan raqobatlashdi.
"Tashkent Select" jamoasi dastlabki uchrashuvda raqib ustidan 7:4 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda "Gornyak" 7:3 hisobida engildi. Mazkur natija orqali ikki g‘alabadan keyin "Tashkent Select"ning ochkolari soni 16 taga etdi.
Ma’lumot o‘rnida: "Tashkent Select" jamoasi turnir jadvalida 13 jamoa orasida 11-o‘rinni egallab turibdi. Endi poytaxtimiz klubi 16-17 yanvar kunlari Toshkentda "Almati" yoshlarini qabul qiladi.
Fikrlar