Temmi Abraxam: “Roma”ning ishonchini his qildim

  • 18.08.2021 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” klubi “Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxamning transferini rasman tasdiqlaganidan keyin angliyalik futbolchi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biror yangi jamoa sizni o‘z safiga qo‘shib olishni haqiqatan ham istayotgan bo‘lsa, siz buni sezasiz. Men “Roma”ning ishonchini his qildim.

“Roma” sovrinlar uchun kurashishga loyiq jamoa. Menda sovrinlarni yutish tajribasi bor va o‘yinlarim bilan ushbu jamoaning o‘ziga munosib bo‘lgan darajaga ko‘tarilishiga yordam bermoqchiman.

Men uchun Rim klubida 9-raqamda to‘p tepish sharaf. Tezroq jamoaga yordam berishni kutyapman, - dedi Temmi Abraxam.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!