
Tennischilarimiz yarim finalda
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "G5" turkumiga kiruvchi "Aktobe Open" turnirining juftlik bahslarida mamlakatimiz sharafini tennischilarimiz munosib himoya qilmoqda.
Juftlik bahslarining chorak finalida Sail Akbarov va Abdurahmon Saidmuhamedov tandemi mezbon tennischilari Arslonbek Aitqulov va Artur Xayirutdinovni 7:6, 6:3 hisobida engdi va navbatdagi bosqichda rossiyalik Grigoriy Gordeev va qozog‘istonlik Danil Ozernoy bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu bosqichda Samandar Abdumalikov va Aziz Dadaboev chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalda qozog‘istonlik Odil Karakaev va Nikita Sidorov bilan o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar